Yo'riqnoma

Rollar bo'yicha qo'llanma

Tizimdan foydalanish bo'yicha rolga moslangan bosqichma-bosqich qo'llanmalar. Avval o'zingizning rolingizni tanlang.


ROL · 01

Doktorant / Tayanch doktorant

3 yillik reja, har chorakli hisobot.

ROL · 02

Mustaqil tadqiqotchi

PhD/DSc, yillik 1 marta hisobot.

ROL · 03

Talabgor

Ariza, hujjat topshirish, imtihon.

ROL · 04

Ilmiy rahbar

Shogirdlar, reja va hisobot tasdig'i.

ROL · 05

Kafedra mudiri

Kafedra monitoringi va tasdiqlash.

Doktorant uchun yo'riqnoma

  1. Tizimga kirish: Google hisobingiz bilan tizimga kirish tugmasini bosing.
  2. Telegram bog'lash (tavsiya etiladi): Kirgach, "Telegram bog'lash" tugmasini bosing va @phd_fdu_bot ga o'ting. Telegram tezkor xabarlar uchun asosiy kanal, ammo bog'lamasangiz ham web kabinet va barcha topshirish funksiyalari ishlaydi.
  3. Onboarding — 9 ta hujjat:
    • Pasport / ID karta
    • Bakalavr diplomi
    • Magistr diplomi
    • 3x4 rangli rasm
    • Avtobiografiya
    • Mehnat daftarchasi
    • Tibbiy sertifikat (086-T/U)
    • Dissertatsiya mavzusi / ariza
    • Ilmiy taklifnoma
    Har biri PDF, JPG yoki PNG · maksimal 10 MB.
  4. Yakka tartibdagi ish reja: Onboarding tugagach, "Yakka tartibdagi ish rejasi" sahifasidan shablon asosida 3 yillik reja avtomat yaratiladi. Tahrirlab, shaxsan tasdiqlab, ilmiy rahbarga yuborasiz.
  5. Choraklik hisobot: Yiliga 4 marta hisobot topshirasiz. Chorak yakunidan keyin 7 kun grace period. Ilmiy rahbar tasdiqlashi kerak.
  6. Tasdiqlash zanjiri: Sizdan → ilmiy rahbar → kafedra mudiri → prorektor. Har bosqichda tasdiq yoki sabab bilan qaytarish.

Mustaqil tadqiqotchi (PhD/DSc) uchun yo'riqnoma

  1. Tizimga kirish va Telegram bog'lash — doktorant kabi.
  2. Onboarding hujjatlari ham bir xil (DSc lar uchun + PhD diplomi).
  3. Yakka tartibdagi ish reja: "Ish rejasi" sahifasidan shablon orqali yaratasiz.
  4. Yillik hisobot: Yiliga 1 marta hisobot topshirasiz (yil yakunidan keyin 30 kun grace period). Konsultantingiz tasdiqlashi kerak.
  5. Maxsus konsultatsiyalar sahifasi orqali ilmiy konsultant bilan uchrashuvlar tarixi yuritiladi.

Talabgor uchun yo'riqnoma

  1. Tizimga kirish: Google hisobingiz bilan kirib, JSHSHIRni kiriting.
  2. Profil to'ldirish: "Profilim" sahifasida telefon, email, manzilni to'ldiring. Profile completeness ko'rsatkichini 80%+ ga olib chiqing.
  3. Hujjatlar topshirish (12 ta): Pasport, bakalavr+magistr diplomlari, mehnat daftarchasi, 2 ta tavsiyaviy xat, ilmiy taklifnoma (5-10 sahifa), til sertifikati, maqolalar ro'yxati, CV, 3x4 rasm.
  4. Hujjatlarni yuborish: Barcha hujjatlar yuklangach, "Yuborish" tugmasini bosing. OTKT ko'rib chiqadi.
  5. Status timeline: Ariza bosqichlari profil sahifasida vizual ko'rinadi: REGISTERED → DOCS_SUBMITTED → DOCS_APPROVED → EXAM → INTERVIEW → ADMITTED.
  6. Qabul: Imtihon va suhbatdan o'tgach, doktorant yoki mustaqil tadqiqotchi profiliga o'tkazilasiz.

Ilmiy rahbar uchun yo'riqnoma

  1. Ro'yxatdan o'tish: Avval Google bilan kirishadigan asosiy akkauntingiz bo'lishi shart. So'ng Telegram botda /staff_register komandasini yuboring va "Ilmiy rahbar" rolini tanlang. JSHSHIR va passport orqali xodimlar bazasidan tasdiqlanadi.
  2. Web kabinet: /supervisor URL'iga o'ting.
  3. Shogirdlar: Sizga biriktirilgan izlanuvchilar ro'yxati avtomat ko'rinadi.
  4. Tasdiqlash: Kutilayotgan rejalar va hisobotlar bo'limidan har biri uchun "Tasdiqlash" yoki sabab bilan "Qaytarish" qiling.
  5. Telegram orqali: Yangi reja/hisobot kelganda Telegram'ga tugma yuboriladi — bir bosishda tasdiqlash yoki sabab bilan qaytarish.

Kafedra mudiri uchun yo'riqnoma

  1. Ro'yxatdan o'tish — ilmiy rahbar kabi (/staff_register Telegram'da, "Kafedra mudiri" rolini tanlash).
  2. Web kabinet: /department-head.
  3. Kafedra izlanuvchilari: "Kafedram" bo'limidan barcha izlanuvchilarni ko'rasiz.
  4. Tasdiqlash: Ilmiy rahbar tasdiqlagan rejalar va hisobotlar sizga keladi. Tasdiq qiling yoki sabab bilan qaytaring.
  5. Kafedra statistikasi va kechikkan hisobotlar dashboard'da ko'rinadi.

Yana savollarmi? FAQ sahifasini ko'ring yoki aloqa orqali OTKT bilan bog'laning. Telegram'da /yordam komandasi ham rolga moslangan yordam beradi.